Menu Close

1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni!

O’zbekiston Respuplikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylariga tabrik yo’lladi.



Aziz va muhtaram ustozlar!
Bugun ta’lim-tarbiya sohasida hurmatli o’qituvchi va murabbiylarimiz, farzandlarimiz hayotida yangi davr boshlanmoqda. Bu davrni yanada chuqur ma’no mazmun bilan to’ldirib, milliy yuksalishga erishish faqat va faqat o’zimizga, shu yo’lda hamjihatlik bilan qattiq mehnat qilishimizga bog’liq.
Biz xalqimizning eng katta boyligini — millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o’g’il-qizlarimizning taqdirini, O’zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.


Sirdaryo sanoat kasb-hunar kolleji ma’muriyati nomidan barcha o’qituvchi va murabbiylarni 1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan tabriklayman!
Barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolaman, farzandlaringizning kamolini ko’rish barchangizga nasib etsin.

Hurmat bilan kollej ma’muriyati Shuningdek Sirdaryo sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchisi O’qituvchilarni she’r o’qib tabrikladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *