Menu Close

Sirdaryo sanoat kasb-hunar kollejining «Payvantlash ishlari mexanigi» yo’nalishi bitiruvchilari «Kasbim kelajagimning ishonchli poydevori» shiyori ostida kasbiy amaliy imtihon topshirdilar.

Sirdaryo sanoat kasb-hunar kollejining «Payvantlash ishlari mexanigi» yo’nalishi bitiruvchi o’quvchilarining so’ngi kasbiy amaliy imtihoni o’tkazildi.
Sirdaryo sanoat kasb-hunar kollejining «Payvantlash ishlari mexanigi» guruhi bitiruvchilari kasbiy amaliy imtihon jarayoni.
Imtihonni ochib berish uchun Sirdaryo sanoat kasb-hunar kolleji direktori M.S.Zaripov so’zga chiqib kollej bitiruvchilariga cheksiz omad va zafarlar tilab imtihonni alo baholarga topshirib olishlari uchun samimiy tilaklar bildirdi.
Sirdaryo sanoat kasb-hunar kolleji direktori: M.S.Zaripov
Kollej bitiruvchilarining shijoatlari hamda o’zlariga bo’lgan ishonchni uyg’otish maqsadida bitiruvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi ijro etildi va imtihon ochiq deb e’lon qilindi. Sirdaryo sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchilari Kasbiy amaliy imtihonlarni topshirishlarini hamda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni qay darajada ekanligini bilish va ularni ishga qabul qilish uchun Sirdaryo tumanidagi O’zbekiston-Xitoy «PENG-SHENG» QK, «WANGDAGROUP» QK, Sirdaryo tuman «Yo’l Ref Trans» AJ korxonasi, Sirdaryo tuman «Yoshlar ittifoqi kengashi», Sirdaryo tuman «Bandlikga ko’maklashish markazi» hamda Sirdaryo tuman «Mahalla jamg’armasi» vakillari tashrif buyurishdi.

Qo'shimcha ma'lumotlar

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *