Menu Close

26-mart kuni bo’lib o’tgan ochiq darslar jarayonidan so’ng o’qituvchi va murabbiylar bilan birgalikda muhokama yig’ilishi o’tkazildi.

Sirdaryo sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchilarining salohiyatini, shuningdek olgan bilimlarini tekshirish va ko’nikma hosil qilish maqsadida o’tkazilgan ochiq darslar jarayonidan so’ng, tuzilgan ichki tekshiruvchi komissiya a’zolari tomonidan keng muhokama etildi.
Komissiya a’zolarining aytishicha o’qituvchilar, o’quvchilarning darslarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va bilim salohiyatini kengaytirish uchun barcha chora-tadbirlar rejasini tuzib chiqqanlar. Ushbu chora-tadbirlar rejasi hech qanday o’quvchining e’tiborini chetlab o’tmasligi, o’quvchilar darslarda faol qatnashishlari, klaster va video qo’llanmalar, shuningdek dars jarayonida turli xil dars mavzulariga oid innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan xolda savol-javob o’yinlari xech kimni befarq qoldirmasligi aytib o’tildi. Ochiq dars jarayonlarini kuzatgan komissiya a’zolari, o’tkazilgan ochiq darslarni ijobiy baholashdi va xozirgi kun yoshlariga nisbatan yanada mukammalroq bo’lgan dars jarayonlarini amalga oshirish lozimligini aytib o’tishdi.

Komissiyaga rayislik etuvchilar:

Sirdaryo sanoat kasb-hunar kollejining kasbiy ta’lim ishlari 
bo’yicha direktor o’rinbosari
M.N.Todjixonov

Sirdaryo sanoat kasb-hunar kollejining o’quv ishlari boyich direktor o’rinbosari
D.N.Abidova

Qo'shimcha ma'lumotlar

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *