Menu Close

Yevropa ta`lim fondining kasb-hunar ta`limi bo`yicha bosh mutaxassisi Ian Kamming Sirdaryo sanoat kasb-hunar kollejiga tashrif buyurdi!

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb hunar-ta’lim markazining 2019 yil 14 martdagi FR-02/04-31-sonli xatiga asosan, joriy yilning 19-mart kuni Yevropa ta’lim fondining kasb-hunar ta’limi bo’yicha bosh mutaxassisi Ian Kamming Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida xorijiy ekspert Ian Kamming Sirdaryo sanoat kasb-hunar kollejida bo’ldi, shu vaqtda kollejning faoliyati va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yo’l xaritalari bilan yaqindan tanishdi. Shundan so’ng xorijiy ekspert ko’llejning kirish qismida o’quvchilar tomonidan tashkil etilgan innovatsion qurilmalarni ko’zdan kechirib, o’zining fikir, muloxazalarini bildirdi.
Kollej faoliyatini o’rganish davomida ko’llej o’quvchilarining dars mashg’ulotlari va o’quv amaliyotlarining qay darajada tashkil etilganligini ko’zdan kechirdi.

Kollej faoliyati va o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o’quvchilarning kasb-hunarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlari, ayniqsa kollejning ish beruvchi tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikdagi faoliyatini yuqori baxoladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *